EasyManua.ls Logo

AENO AP2S - Page 153

AENO AP2S
162 pages
Print Icon
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
aeno.com/documents 127
tugmasi yordamida tozalagich ishlash quvvatini kamaytirib ko'ring.
Tozalagichni tungi vaqtda ishlatganda kam quvvat rejimidan foydalaning.
• Tozalagichdagi yoqimsiz hid. Mumkin bo'lga sabablar va ularni hal qilish uchun
yechimlar: Agar tozalagich birinchi marta ishga tushirilganda bir necha soat
ichida undan plastik hidi chiqsa, bu normal holat, havotir olishga hojati yo'q. Filtr
chang bilan to'lib qolsa ham, qurilma yoqimsiz hid chiqarishi mumkin. Unda
uni tozalash yoki almashtirish kerak. Agar yonayotgan hidni sezsangiz,
tozalagichni darhol rozetkadan chiqaring. Keyin qo'llab-quvvatlash xizmatiga
yoki qurilmangizni sotib olgan sotuvchiga murojaat qiling.
• Filtrni almashtirgandan yoki tozalaganingizdan keyin ham filtrni o'zgartirish
uchun indikator (ko'rsatkich) yonib-o'chib turadi. Mumkin bo'lgan sabablar va
ularni hal qilish uchun echimlar: FILTER tugmachasini kamida 3 soniya ushlab
turing. Filtrni almashtirish taymeri qayta ishga tushadi va indikator (ko'rsatkich)
o'chadi.
DIQQAT! Agar yuqorida ko'rsatib o'tilgan yechimlarning hech biri
muammoingizni hal qilmasa, etkazib beruvchiga yoki xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling. Iltimos, qurilmani o'zingiz ochib, qismlarga
(bo'laklarga) ajratmang yoki ta'mirlashga urinmang.
AENO mobil ilovasiga ulanish
DIQQAT! Telefoningiz 2,4 Gigagertsli Wi-Fi tarmog'iga ulanganligiga ishonch
hosil qiling, qurilma 5 Gigagertsni qo'llab-quvvatlamaydi.
• Qurilmani quvvat manbaiga ulang va uni yoqing.
• Google Play yoki App Store-da AENO mobil ilovasini yuklab oling va yangi
akkauntni ro'yxatdan o'tkazing; yoki o'zingizning akkauntingizga kiring.
• Ilovaning asosiy ekranida "+" yoki "Qurilmani qo'shish" tugmasini bosing (agar
ilovada qo'shimcha qo'shilgan qurilmalar bo'lmasa). Ochilgan oynada "Havo
tozalagich" toifasini tanlang.