88 aeno.com/documents
UZ AENO AP4 havo tozaligichi bino ichidagi havoni allergenlardan, gul
changlaridan, zamburug'li sporalaridan, chang zarrachalaridan, tutundan,
hayvonlarning yungidan va yoqimsiz hidlardan zararsizlantirish va tozalash
uchun mo'ljallangan.
Texnik xususiyatlari
Tok kuchlanishi: DC 12 V, 2 A. Quvvati: 24 Vt. Quvvat adapteriga kirishda quvvat
kuchlanishi: AC 100-240 V, 50-60 Gtz. Unumdorligi: 150 m
3
/soat. Shovqin
darajasi: 40 dB gacha (1 m masofada). Xizmat ko'rsatish maydoni: 25 m
2
gacha.
Uy ichidagi havoni tozalash vaqti: 2-3 soat. O'ralmagan holdagi vazni: 2,1 kg.
Hajmi: Ø205 mm × 385 mm.
Yetkazib berilgan mahsulotning to'plami
AENO AP4 havo tozaligichi (a rasmga qarang), quvvat adapteri, HEPA filtri,
foydalanish uchun tezkor qo'llanma, kafolat taloni.
Cheklovlar va ogohlantirishlar
Diqqat! Qurilmaning ichida ultrabinafsha nur chiqaradigan diod mavjud.
Qurilmani qismlarga ajratish va uni qismlarga ajratilgan holda yoqish
ta'qiqlanadi, bu sizning ko'zlaringiz uchun juda xavflidir.
Texnik xizmat ko'rsatishni boshlashdan oldin tozalagich o'chirilganligiga ishonch
hosil qiling. Tozalagichni suvga yoki boshqa suyuqlikka botirmang.
Changyutgichni tozalashda xlor yoki spirtli moddalarni o'z ichiga oladigan agressiv
va yonuvchan mahsulotlardan foydalanmang. Qurilmadan faqat foydalanish
uchun tezkor va qisqa qo'llanmalarida ko'rsatib o'tilgan tavsifga muvofiq
foydalaning. Ko'rsatmalarga rioya qilmaslik yong'in va boshqa xavfli holatlarga,
shuningdek jarohatlarga olib kelishi mumkin. Agar qurilma shikastlangan yoki
yorilib ketgan bo'lsa, uni ishlatmang. Qurilmani ochiq havoda yoki suv manbalari,
shu jumladan havo namlagichlari yaqinida o'rnatmang. Qurilmaga to'g'ridan-
to'g'ri quyosh nuri tushishiga, uni nam bo'lishiga va tebranishga yo'l qo'ymang.