162 aeno.com/documents
foydalanmasangiz, akkumulyatorni har 2-3 oyda bir marta zaryadlang. Batafsil
ma'lumotni aeno.com/documents saytidan yuklab olish mumkin bo'lgan
ishlatish bo'yicha to'liq qo'llanmada topishingiz mumkin.
Tugmalar funksiyalari (rasm В)
Zaryadlash uchun bazaga qaytish
"Start/Stop" tugmasi (11)
Tozalashni ishga tushirish yoki to'xtatish
Qurilmalni ishlashga tayyorlash (rasm C, D)
1. Paketni oching, qurilma va komponentlarni ichidan chiqarib oling.
Changyutgichning yon tomonidagi barcha qadoqlash materiallari va
tiqinlarini olib tashlang.
2. Yon cho'tkalarni mahkamlang.
3. Zaryadlash bazasini tekis, barqaror gorizontal yuzaga o'rnating.
4. Zaryadlash bazasini elektr tarmog'iga ulang, buning uchun quvvat
adapterining shtekerini bazadagi ajratgichga va shtepselini rozetkaga
ulang.
5. Akkumulyatorni zaryadlang, buning uchun changyutgichdagi kontaktlarni
bazadagi kontaktlarga ulab, changyutgichni zaryadlash bazasiga qo'ying.
Agar changyutgich to'g'ri joylashtirilgan bo'lsa, taglikdagi chiroq yashil
rangda miltillay boshlaydi va zaryadlash boshlanadi. Zaryadlash
tugagandan so'ng, indikator to'xtamasdan yashil rangda yonib turadi.
Eslatma. Birinchi zaryadlash 6,5 soatgacha davom etadi.
Korpusdagi tugmalar yordamida changyutgichni boshqarish
DIQQAT! Changyutgichni ishlatishdan oldin poldan xavfli narsalarni
("Cheklashlar va ogohlantirishlar" ga qarang), elektr kabellari va qimmatbaho
narsalarni olib tashlang.