EasyManua.ls Logo

Kärcher PS01 - Oʻzbek Tili

Kärcher PS01
Print Icon
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
92 O ʻ zbek tili
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Ushbu uskunadan ilk bor
foydalanayotganda xavfsizlik bo‘yicha
ushbu ko‘rsatmalarni va uskunadan
foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani o‘qib
chiqing. Ishga kirishing.
Har ikkala kitobchani ham keyinchalik foydalanishingiz
yoki kelgusidagi egalari o‘qishlari uchun saqlab qo‘ying.
Uskunani ishlatishdan avval undan foydalanish
bo‘yicha ushbu rasmli qo‘llanma va xavfsizlik
bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘rganib chiqing.
Uskunadan foydalanish bo‘yicha ushbu
qo‘llanmaga qo‘shimcha tarzda siz qonunchilikda
ko‘zda tutilgan umumiy xafsizlik texnikasi
qoidalariga ham rioya qilishingiz zarur.
Qadoq o‘ramlarini bolalardan uzoq tuting, chunki
undan bo‘g‘ilish xavfi bor.
Uskunadan to‘g‘ri maqsadda
foydalanish
Uskunadan faqat shaxsiy maqsalarda foydalaning.
Akkumulyatorda ishlovchi ushbu uskuna oyna, ko‘zgu
yoki koshin singari nam, silliq yuzalarni tozalash uchun
mo‘ljallangan. Xavfsizlik ko‘rsatmalariga rioya qiling.
Uskunani hech qachon changyutgich sifatida
foydalanmang.
Ko‘pi bilan 25 ml suyuqlik tortib oling. Bu uskuna
yotiq yuzadagi ko‘p miqdordagi suyuqlikni, masalan,
yerga tushib ketgan stakandagi suyuqlikni tortish
uchun mo‘ljallanmagan.
Uskunani faqat oddiy tozalash vositalari (tarkibida
spirti bo‘lmagan, ko‘piksiz vositalar) bilan birga
qo‘llang.
Faqat KÄRCHER kompaniyasi ma’qullagan
butlovchi va ehtiyot qismlardan foydalaning.
Undan boshqalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Ishlab chiqaruvchi bundan ko‘rilgan har qanday zarar
uchun mas’ul emas; bunday xavf uchun
foydalanuvchining o‘zi javobgardir.
Xavf darajalari
XAVFLI
Jiddiy shikastlanish yoki o‘limga
olib kelishi mumkin bo‘lgan
muqarrar xavflarga e‘tibor
qarating.
OGOHLANTIRISH
Jiddiy shikastlanish yoki o‘limga
olib keladigan ehtimoliy xavfli
vaziyatlarga e’tibor qarating.
EHTIYOT BO'LING
Yengil shikastlanishga olib
keladigan ehtimoliy xavfli
vaziyatlarga e’tibor qarating.
DIQQAT
Moddiy zararga olib keladigan
ehtimoliy xavfli vaziyatlarga
e’tibor qarating.
Umumiy ma’lumotlar
OGOHLANTIRISH
Jismoniy, sezish yoki aqliy
imkoniyatlari cheklangan yoki
yetarlicha tajriba hamda bilimga
ega bo‘lmagan kishilarga
faqatgina biror shaxs yordamida
yoki ularga uskunadan xavfsiz
foydalanish ko‘rsatilgandan
so‘ng va ehtimoliy xavflarni
tushunganlaridan keyin
uskunadan foydalanishlari
mumkin.
Bolalarga qurilma
bilan o‘ynashga ruxsat
bermang. Bolalarning uskuna
bilan o‘ynamasliklariga amin
bo‘lish uchun ularni nazorat
qiling. 8 yoshli yoki undan katta
bolalar, agar xavfsizlla mas’ul
shaxs nazorat qilib tursa yoki u
foydalanish bo‘yicha
ko‘rsatmalar bergan bo‘lsa va
agar ular ehtimoly xavflarni
tushungan bo‘lsalar, uskunadan
foydalanishlari mumkin.
Bolalar tozalash va ta’mirlash
ishlarini faqat nazorat ostida
amalga oshirishlari mumkin.
Elektr toki urish xavfi
XAVFLI Ho‘l qo‘l bilan hech
qachon elektr simlar va
rozetkani ushlamang. Biror
ulangan joy yoki simlarga aslo
qo‘l tekkizmang. Hech qachon

Related product manuals