Asosiy funksiyalar 65
Qulflash ekranini o‘rnatish
Ekranning bloklash sozlamalarini o‘rnatish uchun bir nechta opsiyalar
mavjud.
1
Sozlamalar Umumiy Qulflash ekrani va xavfsizlik Ekran
qulfini tanlang tugmasiga teging va kerakli usulni tanlang.
2
Quyidagi sozlamalarni moslashtiring:
• Hech biri: Qulflangan ekranni o‘chirish.
• Surish: Ekranni blokdan chiqarish uchun silang.
• Knock Code: Ekranni qulfdan chiqarish uchun ekranga ma'lum
tartibda teging.
• Grafik kalit: Ekranni blokdan chiqarish uchun shablonni chizing.
• PIN: Ekranni qulfdan chiqarish uchun raqamli parolni kiriting.
• Maxfiy so'z: Ekranni qulfdan chiqarish uchun raqamli va harfli
parolni kiriting.
• Barmoq izlari: Barmoq izingizdan foydalanib ekranni qulfdan
oching.
• Yuzni tanib olishga ruxsat berish: Qurilmaga yuzingizni tanib
olishga ruxsat berish orqali ekranni qulfdan chiqaring.
• Agar qurilmani blokdan chiqarishga 5 marta muvaffaqiyatsiz urinsangiz,
ekran 30 soniya bloklab qo‘yiladi.
Xavfsiz ishsga tushirish
Ekranni qulflash usuli sifatida Knock Code, Grafik kalit, PIN yoki parolni
tanlasangiz, ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun qurilmangizni
yoqqanda qulflanishini sozlab qo‘yishingiz mumkin.
• Qurilmani qulfdan chiqarmaguningizcha favqulodda qo‘ng‘iroqdan
tashqari hech qaysi funksiyadan foydalana olmaysiz.
• Agar siz qulfdan chiqarish parolini unutsangiz, shifrlangan va shaxsiy
ma’lumotlaringizni tiklay olmaysiz.