Asosiy funksiyalar 70
Ekran tasvirlarini olish
Siz ko‘rib turayotgan joriy ekraningizning ekran tasvirini tushirishingiz
mumkin.
Tez o‘tish tugmasi orqali
Bir vaqtning o‘zida Quvvat/Qulflash tugmasini va Ovoz murvatini
pasaytirish (-) tugmasini kamida ikki soniya davomida bosib turing.
• Ekran tasvirlarini Galereya Screenshots papkasida ko‘rish mumkin.
Capture+ orqali
Ekran tasvirini tushirmoqchi bo‘lgan ekranda holat panelini pastga sudrab
tortng, so‘ngra
tugmasiga teging.
• Ekran o'chiq yoki qulf holatida bo'lganda Capture+ bo'limiga Ovoz
murvatini ko‘tarish (+) tugmasini ikki marta bosish orqali kirishingiz
mumkin. Bu xususiyatdan foydalanish uchun Sozlamalar
Umumiy Yorliq tugma’ga teging va Capture+ oching’ni yoqing.
• Tafsilotlar uchun
Ekran tasvirida qaydlarni yozish
’ga qarang.
Matnni kiritish
Smart klaviaturadan foydalanish
Matnni kiritish va tahrirlash uchun Smart klaviaturasidan foydalanishingiz
mumkin.
Smart klaviaturasi bilan siz matnni terayotgan paytingizda ekran va
an’anaviy klaviatura o‘rtasida o‘zgartirib o‘tirmasdan ko‘rishingiz mumkin.
Bu so‘z kiritayotgan paytingizda xatolarni tez topish va tuzatish imkonini
beradi.
Kursorni ko‘chirish
Smart klaviaturasi bilan siz kursorni kerakli joyga ko‘chirishingiz mumkin.
Matnni terayotgan paytingizda bo‘shliq joyga teging va ushlab turing,
so‘ngra chapga yoki o‘ngga sudrab torting.