Foydali ilovalar 118
E-pochta hisobini o‘rnatish
Telefoningiz bir nechta e-pochta hisobini qo‘llab-quvvatlaydi va bir
vaqtning o‘zida bir nechta e-pochta hisobingizni o‘rnatish imkonini beradi.
E-pochta hisobini o‘rnatishdan avval uni muvaffaqiyatli o‘rnata olishingiz
uchun sizda foydalanuvchi ism (foydalanuvchi identifikatori), parol, server
nomi va hkz.lar borligiga ishonch hosil qiling.
1
Asosiy mohiyat Elektron pochta tugmalariga teging.
2
E-pochta hisobingizni o‘rnatish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarni
bajaring.
• E-pochta hisobi o‘rnatiladi va siz elektron xatlarni qabul qilishni
boshlaysiz.
FM Radio
FM radiosini tinglashingiz mumkin.
Asosiy mohiyat FM Radio tugmasiga teging.
• Ushbu ilovadan foydalanish uchun avval qurilmangizga naushnikni
joylashtiring. Naushnik funksiyasi radio antenna sifatida ishlaydi.
• Ushbu funksiya hududga qarab qo‘llab-quvvatlanmasligi mumkin.
Yangilash markazi
LG tomonidan taqdim etiladigan ilovaning eng so‘nggi versiyasini yoki
dasturiy ta’minotni tekshiring va o‘rnating.
Boshqaruv Yangilash markazi’ga teging.