Ilova 155
O’g’rilikdan himoya qilish bo’yicha
qo’llanma
Qurilmangizni zavod sozlamalari egasi ruxsatisiz qayta tiklansa, begona
odamlar uni ishlata olmasligi uchun sozlang. Masalan, qurilmangiz
yo‘qotilgan, o‘g‘irlangan, ma’lumotlari o‘chib ketgan bo‘lsa, undan faqat
Google hisob qaydnomangiz haqidagi yoki ekranni bloklash bilan bog‘liq
ma’lumotdan xabari bor kishigina foydalanishi mumkin.
Qurilmangizni himoya qilish uchun quyidagi amallarni bajaring:
• Ekranni bloklashni o‘rnatish: Agar qurilmangiz yo‘qolgan yoki
o‘g‘irlangan bo‘lsa-yu, siz unga ekranni bloklash funksiyasini o‘rnatgan
bo‘lsangiz, ekran blokdan chiqarilmaguncha qurilmadagi ma’lumotlarni
Sozlamalar menyusidan o‘chirib tashlab bo‘lmaydi.
• Qurilmangizga Google hisob qaydnomasini qo‘shish: Agar
telefoningizda ma’lumotlar o‘chib ketgan, ammo unda Google hisob
qaydnomangiz bo‘lsa, unga Google hisob qaydnomasi haqidagi
ma’lumotlar kiritilmaguncha qurilma o‘rnatish jarayonini tugallay
olmaydi.
Himoyalangan qurilma sozlamalarini qayta tiklash va zavod parametrlarini
qayta tiklash uchun siz ekranning qulfini ochishingiz yoki Google
hisobingiz uchun parolni kiritishingiz kerak bo’ladi. Bu parametrlarni siz
yoki siz ishonadigan foydalanuvchi tomonidan qayta tiklanganligi kafolati
sifatida xizmat qiladi.
• Standart zavod sozlamalarni tiklashdan oldin qurilmada ro’yxatdan
o’tgan Google hisobining foydalanuvchi nomi va parolini saqlab
qo’yganingizni tekshiring. Agar siz ushbu zavod sozlamani qayta
tiklashdan so’ng konfiguratsiya vaqtida kirita olmasangiz, siz qurilmadan
foydalana olmaysiz.