EasyManua.ls Logo

LG G7 Fit - Page 842

LG G7 Fit
1019 pages
Go to English
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
Ilova 165
Boshqa holatlar
- Xorijda roumingdan foydalanilganida
- Qurilmadan signal kuchsiz bo‘lgan yoki signalni qabul qilib
bo‘lmaydigan joylarda foydalanilganida
- Qurilmani shikastlangan yoki begona modda bilan zararlangan
zaryadlash qurilmasi/USB kabeli porti bilan zaryadlaganda
• Xususiyatlar va ilovalarga bog‘liq ravishda yuqoridagi holatlardan
ayrimlari qo‘llanilmasligi mumkin.
Zaryadlash vaqtida qurilma qiziydi.
Zaryadlash vaqtida qurilma va zaryadlash qurilmasi issiq bo‘lishi
mumkin. Simsiz zaryadlash yoki tezkor zaryadlash vaqtida qurilma
yanada issiqroq bo‘lishi mumkin. Agar batareyka harorati ma’lum
darajadan yuqoriga ko‘tarilsa, qurilma zaryadlashdan toxtashi mumkin.
- Zaryadlash qurilmasini qurilmadan uzing va ishlayotgan ilovalarni
toxtating. Qurilmani zaryadlash yoki ilovalarni qaytadan ishga
tushirishdan avval qurilmani sovuting.
- Agar zaryadlash qurilmasi/qurilmaning quyi qismidagi USB kabeli
porti qizib ketsa, zaryadlashni toxtating va yaqin-atrofdagi LG
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmaning qizib ketishi muammosini qanday hal qilish mumkin
Har qanday ishlayotgan ilovalar yoki xususiyatlarni yoping va qurilmani
sovuting.
• Dasturiy taminotni muntazam ravishda so‘nggi versiyasiga yangilab boring.
Ulardan foydalanilmayotgan vaqtda Wi-Fi, Bluetooth yoki GPS
funksiyalarini ochirib qoying.
Foydalanmayotgan ilovalarni yoping.
Agar qurilmadan maksimal ekran yorqinligida foydalanayotgan
bo‘lsangiz, yorqinlikni pasaytiring.
Agar qurilma uzoq vaqt davomida qizisa, undan ma’lum vaqt
foydalanishni toxtating. Agar qurilma qizishni davom ettirsa, LG
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga tashrif buyuring.

Table of Contents

Related product manuals