Ilova 168
Rasm sifati past
Atrof-muhit va siz foydalanadigan suratga olish usullariga bog‘liq ravishda
suratlar sifati farq qilishi mumkin.
Rasmlarni olish va videotasvirni yozishda standart rejimda olingan tasvir
sifati keng burchakdagi tasvirlardan yuqori bo’ladi.
Agar siz qorong‘i hududlarda, tunda yoki xona ichida suratga olsangiz,
rasmda halaqitlar paydo bo‘lishi yoki rasmlar fokusdan tashqarida bo‘lishi
mumkin.
Agar sizda biror-bir muammo mavjud bo‘lsa, opsiyalarni qayta o‘rnating.
Sensorli ekran sekinroq yoki noto‘g‘ri javob qaytarayapti
Agar sensorli ekranga ekran himoyalagichi yoki ixtiyoriy aksessuarlarni
biriktirsangiz, sensorli ekran to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
Agar sensorli ekranga tegish vaqtida qo‘lqop kiyib olgan bo‘lsangiz,
qo‘llaringiz toza bo‘lmasa yoki ekranga o‘tkir buyumlar yoki
barmoqlaringizning uchlari bilan tegsangiz, sensorli ekran noto‘g‘ri ishlashi
mumkin.
Nam sharoitlarda yoki suv ta’sir qilgan hollarda sensorli ekran noto‘g‘ri
ishlashi mumkin.
Vaqtinchalik dasturiy ta’minotdagi xatoliklarni tiklash uchun qurilmani
qayta ishga tushiring.
Agar sensorli ekran tirnalgan yoki shikastlangan bo‘lsa, LG Electronics
servis markaziga murojaat qiling.
Qurilma foydalanuvchi harakatlariga ta’sir qilmayapti
yoki qotib qolyapti
Qurilmani qayta ishga tushiring
• Agar qurilma bajarilayotgan amallarga javob bermasa yoki qotib qolsa,
siz ilovalarni yopishingiz yoki qurilmani o’chirib yoqishingiz talab qilinadi.