EasyManua.ls Logo

LG OLED65G1RLA - Page 55

LG OLED65G1RLA
80 pages
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
3
󱁿 Ogohlantirish! Xavfsizlik
texnikasi ko‘rsatmalari
DIQQAT
OCHILMASIN,
ELEKTR TOKI ZARBASI XAVFI BOR
DIQQAT : ELEKTR ZARBASINING OLDINI OLISH UCHUN QOPQOQNI (YOKI ORQA QISMINI) OCHMANG. ICHIDA
FOYDALANUVCHI TA'MIRLAY OLADIGAN QISMLAR YO‘Q. MALAKALI MUTAXASSISGA MUROJAAT QILING.
Ushbu belgi mahsulot ichida odamlarni elektr zarbasi urishi mumkin bo‘lgan "xavfli kuchlanishga” ega
izolyatsiyalanmagan qism borligini bildiradi.
Ushbu belgi moslama bilan birga kelgan qo'llanma ichida muhim qo‘llash va ta'mirlash (xizmat ko‘rsatish)
ko‘rsatmalar borligi haqida foydalanuvchini ogohlantiradi.
OGOHLANTIRISH: YONG'IN YOKI ELEKTR ZARBASINING OLDINI OLISH UCHUN MAHSULOTNI YOMG'IR OSTIDA
YOKI NAM JOYGA O‘RNATMANG.
YONG‘IN TARQALISHINING OLDINI OLISH
UCHUN SHAM YOKI BOSHQA OCHIQ OLOVGA
EGA NARSALARNI DOIMO MAHSULOTDAN
UZOQDA TUTING.
Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini
quyidagi joylarda qoldirmang:
- Mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining
ta’siridan saqlang.
- Namlik yuqori bo’lgan joylar, masalan, hammomda.
- Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa
issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar yaqinida.
- Oshxona peshtaxtalari yoki namlantirgichlar
yaqinida; bu yerda ular osongina bug’ yoki moy
ta’sirida qolishlari mumkin.
- Yomg’ir yoki shamol mavjud joylarda.
- Mahsulotni suv tomchilashi yoki sachrashi ta‘siriga
qo‘ymang va vaza, kosa kabi suv to‘ldirilgan
buyumlarni mahsulot ustiga yoki uning yuqorisida
(masalan, qurilma ustidagi tokchalarga) qo‘ymang.
- Benzin yoki shamchiroq kabi tez alanga oladigan
narsalar yoniga, yoki TVga havo konditsioneri
to‘g‘ridan-to‘g‘ri uradigan qilib o‘rnatish.
- O‘ta chang joylarga o‘rnatmang.
Aks holda bu yong‘in, elektr toki urishi, yong‘in/
portlash, noto‘g‘ri ishlash yoki mahsulot
deformatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Havo aylanish tizimi
- TVni yaxshi havo aylanish tizimi mavjud bo‘lgan
joyga o‘rnating. Kitoblar javoni kabi yopiq joyga
o‘rnatmang.
- Mahsulotni gilam yoki divan yostig’iga o’rnatmang.
- Mahsulot elektr manbaiga ulangan vaqtda uni
sochiq yoki boshqa materiallar bilan to‘smang yoki
yopmang.
Havo aylanish tizimi darchalariga tegmayotganiga
ishonch hosil qiling. TVni uzoq vaqt davomida
tomosha qilganda, uning havo aylanish darchalari
qizib ketishi mumkin.
Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish,
eshikka qisib qo’yish yoki ustidan yurish kabi
jismoniy yoki mexanik ta’sirlardan himoya qiling.
Vilkalar, rozetkalar va shnur qurilmadan chiqadigan
joylarga alohida e’tibor bering.
Elektr shnuri quvvat manbaiga ulangan vaqtda TVni
qimirlatmang.
Shikastlangan yoki amallab yetadigan elektr
shnuridan foydalanmang.
Elektr shnurini quvvat manbaidan chiqarib
olayotganda vilkani mahkam ushlaganingizga
ishonch hosil qiling. TVni quvvat manbaidan uzish
uchun elektr shnuridan tortmang.
Tarmoq rozetkasiga juda ko‘p qurilmalarni ulamang,
chunki bu uning yonishiga yoki tok urishiga sabab
bo‘lishi mumkin.

Related product manuals