EasyManua.ls Logo

Samsung UE43NU7400U - Page 79

Samsung UE43NU7400U
108 pages
Go to English
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
O'zbekcha
CI+ ishlamayapti.
Samsung televizoringiz CI+ 1.4 standartlariga muvofiq keladi.
CI+ Common Interface moduli bu qurilmaga mos kelmasa, modulni chiqarib oling va CI+ operatoridan
yordam so‘rang.
Masofaviy pult ishlamayapti.
Pultning quvvat tugmasi bosilganida televizorning pastki qismidagi quvvat indikatori o‘chib-yonishini
tekshiring. Agar o‘chib-yonmasa, pultdagi batareyalarni almashtiring.
Batareyalarning qutblari (+/–) to‘g‘ri yo‘nalishda o‘rnatilgan bo‘lsin.
Pultni televizor ro‘parasida, 1,5 ~ 1,8 m uzoqlikda tuting.
Agar televizor bilan birga Samsung Smart masofadan boshqarish pulti (Bluetooth pult) kelgan bo‘lsa, uni
televizorga bog‘lashni unutmang.
Kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasining pulti televizorni yoqib-o‘chirmaydi yoki tovushini
rostlamaydi.
Kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasining pultini televizorni boshqaradigan qilib dasturlang. SAMSUNG TV
kodi uchun kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasining qo‘llanmasiga qarang.
TV sozlamalari 5 daqiqadan keyin o‘chib ketmoqda.
Televizor Reklama rejimida. Foydalanish rejimi bandini Umumiy menyusida bunga o‘zgartiring: Uy rejimi (
> Parametrlar > Umumiy > Tizim menejeri > Foydalanish rejimi > Uy rejimi).
Wi-Fi beqaror ishlamoqda
Televizor tarmoqqa ulanganini tekshiring ( > Parametrlar > Umumiy > Tarmoq > Tarmoq holati).
Wi-Fi paroli to‘g‘ri kiritilganini tekshiring.
Televizor bilan modem/router orasidagi masofani tekshiring. Masofa 15,2 metrdan oshmasligi lozim.
Simsiz qurilmalarni ishlatmaslik yoki o‘chirib qo‘yish orqali xalaqitlarni kamaytiring. Bundan tashqari,
televizor bilan modem/router orasida to‘siq bo‘lmasin. (Jihozlar, simsiz telefonlar, toshdan yasalgan devor/
kaminlar va boshqalar Wi-Fi signalini kuchsizlantirishi mumkin.)
Bir qavatli Ko‘p qavatli
Simsiz router
Simsiz repiter (vay-fay
to'lqinni kuchaytiruvchi
moslama)
Internet provayderi bilan bog‘lanib, yangi modem/router va televizorning MAC (mediyaga kirish boshqaruvi
yoki internet tarmoq'i) manzillarini qayd qilish uchun tarmoqqa qayta ulashlarini so‘rang.
O'zbekcha - 15

Table of Contents

Related product manuals