EasyManua.ls Logo

Samsung UE43RU7440U - Masofaviy Yordam Nima; Eco Sensor Va Ekran Yorqinligi

Samsung UE43RU7440U
108 pages
Go to English
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
Video ilovalar muammolari (Youtube va hokazo)
DNS (domen nomi serveri) bandini bunga o‘zgartiring: 8.8.8.8. Buni tanlang: > Parametrlar >
Umumiy > Tarmoq > Tarmoq holati > IP parametrlari > DNS ni o'rnatish > Qo'lda kiritish > DNS Serveri >
8.8.8.8 kiriting > OK.
Qayta qo‘yish uchun buni tanlang: > Parametrlar > Qo'llab-quvvatlash > O'zini-o'zi diagnostika qilish
> Smart Hub sozlamalarini tiklash.
Masofaviy yordam nima?
Samsung masofaviy yordam xizmatida Samsung mutaxassisi masofaviy yordam berishi mumkin, jumladan:
Televizorni diagnostika qilish
Televizorni siz uchun sozlash
Televizor sozlamalarini asliga qaytarish
Tavsiya etilgan yangilanishlarni o‘rnatish
Masofaviy yordam qanday bajariladi:
Televizoringiz uchun osongina Samsung masofaviy yordam olish mumkin:
1. Samsung qo'llab quvvatlash markaziga qo'ng'iroq qilib, masofaviy yordam so'rang.
2. Televizorda menyuni ochib, Qo'llab-quvvatlash bo‘limiga o‘ting. ( > Parametrlar > Qo'llab-
quvvatlash)
3. Masofadan boshqaruv bandini tanlang, xizmat kelishuvini o‘qing va rozilik bildiring. PIN ekrani chiqsa, PIN
(shaxsiy identifikatsiya raqami) raqamini texnikka ayting.
4. Keyin texnik televizoringizga ulanadi.
Eco Sensor va ekran yorqinligi
Eco Sensor televizor yorqinligini avtomatik rostlaydi. Bu funksiya xonadagi yorug‘likni o‘lchab, elektrni
tejash maqsadida televizor yorqinligini avtomatik tarzda optimallashtiradi. Bu funksiyani o‘chirish: >
Parametrlar > Umumiy > Eko yechim > Yoritilganlik darajasini aniqlash.
Agar qorong‘ida televizor ko‘rayotganda ekran qoramtir bo‘lsa, bunga Yoritilganlik darajasini aniqlash
funksiyasi sababli bo‘lishi mumkin.
Eco sensori televizorning tagida joylashgan. Sensorni birorta buyum bilan to‘sib qo‘ymang. Oqibatda tasvir
yorqinligi pasayishi mumkin.
O'zbekcha - 16

Table of Contents

Related product manuals