EasyManua.ls Logo

LG LG-X240 - Page 59

LG LG-X240
82 pages
Go to English
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
5
qurilmadan kasalxonalarda foydalanmang, chunki bu sezgir
tibbiyot qurilmalariga ta’sir qilishi mumkin.
•
Qurilma zaryadlanayotgan vaqtda uni nam qo‘llaringiz bilan
ushlamang. Bu elektr toki urishiga olib kelishi va qurilmangizni
jiddiy shikastlashi mumkin.
•
Telefon go‘shagini yonuvchan materiallar yaqinida
zaryadlamang, chunki go‘shak qizib ketishi va yong‘inga sabab
bo‘lishi mumkin.
•
Qurilmaning tashqi qismini tozalash uchun quruq matodan
foydalaning (benzin, erituvchi yoki spirt kabi eritmalarda
foydalanmang).
•
Qurilma yumshoq jihozlar ustida bo‘lganida uni zaryadlamang.
•
Qurilma yaxshi shamollatiladigan joylarda zaryadlanishi kerak.
•
Bu qurilmani ortiqcha tutun yoki chang ta’siri ostiga qo‘ymang.
•
Bu qurilmani kredit kartalar yoki yo‘l chiptalarining yaqiniga
qo‘ymang; bu magnit tasmalardagi ma’lumotlarga ta’sir qilishi
mumkin.
•
Qurilma ekraniga o‘tkir buyumlar bilan tegmang, chunki bu
qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
•
Qurilmaga suyuqlik yoki namning ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang.
•
Singan yoki dars ketgan shisha bo‘lagidan foydalanmang,
tegmang yoki uni olib tashlash yoki tuzatishga urinmang.
Foydalanish qoidalarini buzish yoki noto‘g‘ri foydalanish tufayli
shisha displeyning shikastlanishi kafolat qamrovi doirasiga
kirmaydi.
•
Ushbu qurilma odatdagidek ishlayotgan vaqtda o‘zidan issiqlik
chiqaruvchi elekrton qurilmadir. Mos darajadagi ventilyatsiya
mavjud bo‘lmagan hollarda o‘ta uzoq vaqt to‘g‘ridan-to‘g‘ri
teriga tegib turish noqulaylik yoki kichik kuyishlarga olib kelishi
mumkin. Shuning uchun ham ishlatish vaqtida yoki ishlatib
bo‘lgandan keyin qurilma bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling.
•
Qurilmangiz xo‘l bo‘lsa, uni darhol rozetkadan uzing va
yaxshilab quriting. Pech, mikroto‘lqinli pech yoki soch quritgich
kabi tashqi quritish moslamasi bilan quritish jarayonini
tezlashtirishga harakat qilmang.

Table of Contents

Other manuals for LG LG-X240

Related product manuals