72
UZ AENO EK3 elektr choynagi uyda va idorada suvni qaynatish uchun
mo'ljallangan.
Texnik xususiyatlari
Quvvat kuchlanishi: 220–240 V (AC); chastotasi: 50/60 Gerts. Quvvati: 1850–
2200 W. Sof (netto) vazni: 1.19 kg. Kattaligi (uzunligi × kengligi × balandligi):
230 mm × 168 mm × 269 mm. Hajmi: 1,7 l. Quvvat kabelining uzunligi: 0,8 m.
suvning qaynash vaqti: ≤6 min.
Yetkazib berilgan mahsulot to'plamining tarkibi
AENO smart-choynagi (a rasmga qarang), taglik, foydalanish uchun tezkor
qo'llanma, kafolat taloni.
Cheklovlar va ogohlantirishlar
Qurilmani faqat bino ichida xona haroratida va dengiz sathidan 2000 m
balandlikda ishlating. Qurilmani faqat erga ulangan rozetkaga ulang.
Qurilmani faqat uning texnik xususiyatlariga movofiq ulang va ishga tushiring.
Qurilmani qismlarga ajratmang yoki o'zingiz ta'mirlashga urinmang. Bolalar va
imkoniyati cheklangan shaxslar ushbu qurilmadan faqat kattalar va
qurilmadan foydalanishda tajribasi bor shaxslar nazorati ostida foydalanishlari
mumkin. Bolalarga asbob bilan o'ynashiga yo'l qo'ymang. Suyuqlikning
taglikka ❷ va quvvatni ulash tugmasining ❹ ichiga suv tushishiga yo'l
qo'ymang (a rasmga qarang). Qurilmaning korpusini (tanasini) ❶, uning
tagligini ❷ va quvvat kabelini ❸ suvga botirmang. Qurilmani yetkazib berilgan
mahsulot to'plamining tarkibiga kiruvchi taglik bilan ishlating. Agar
qurilmaning korpusi (tanasi), taglik yoki quvvat shnuri shikastlangan bo'lsa,
elektr rozetkasiga ulamang. Agar qurilma ishlamay qolsa, darhol uning vilkasini
rozetkada chiqaring. Qurilmaning tagligini qattiq va mustahkam yuzaga, issiq
yuzalardan, vannahonadan, dushxonada va boshqa xavfli joylardan uzoq joyda
joylashtiring. Qurilma ishlayotgan paytda uning korpusi (tanasi) yuqori
haroratgacha qiziydi. Korpusiga (tanasiga) qo'lingiz bilan teginmang, qurilmani
taglikdan olish uchun tutqichidan ❺ ushlab ko'taring. Qurilman qaynab