EasyManua.ls Logo

AENO EK3 - _1 fob9 te

AENO EK3
76 pages
Print Icon
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
73
turgan paytida va qaynab chiqqandan so'ng dastlabki 5 daqiqa davomida
uning qopqog'ini ochmang (b rasmga qarang). Elektr-choynak qaynab
chiqqandan so'ng darhol uning ichidagi suvni quyayotganda qo'lingizni yoki
tanangizning boshqa qismlarini choynakning jo'mragidan uzoqroq tuting.
Issiq bug' teringizni kuydirishi mumkin. Suvni qurilma korpusining
(tanasining0 ichki qismidagi minimal "MIN" dan past va maksimal "MAX"
belgilaridan yuqori quymang.
Qurilmani foydalanishga tayyorlash
Birinchi marta ishlatishdan oldin choynakka "MAX" belgisigacha suv quying,
qaynatib oling va suvni to'kib tashlang.
Qurilmani ishlatish
Choynak tagligidagi quvvat kabelini rozetkaga ulang (c rasmga qarang).
Qurilmaning qopqog'ini tugma bilan oching va choynak korpusiga suv
quying, lekin «MAX» maksimal darajasidan ortiq suv quymang.
Pereklyuchatelni yoqing, unda nazorat yorug'lik diodi yonadi. Choynakdagi
suv qaynagandan so'ng, qurilma avtomatik ravishda o'chadi.
Pereklyuchateldagi yurug'lik diodi o'chadi. Ishlatib bo'lgandan so'ng, vilkani
rozetkadan chiqarib oling.
Texnik xizmat ko'rsatish
Choynakning ichki qismini muntazam ravishda qasmoqdan tozalang.
Choynakdan foydalanganda (kuniga 3–5 marta), agar sizning mintaqangizdagi
suv qattiq yoki juda qattiq bo'lsa, qasmoqni oyiga bir marta tozalash tavsiya
etiladi. Agar suv yumshoq va o'rtacha qattiq bo'lsa, 2–3 oyda bir marta suvni
tozalashingiz mumkin. Qasmoqni olib tashlash uchun 8%-li sirka eritmasi yoki
limon kislotasi eritmasidan foydalanishingiz mumkin (0,5 l suvga 30 g limon
kislotasi). Choynakka 0,5 l sirka yoki limon kislotasi eritmasini quying va uni
qaynatmasdan 2 soatga qoldiring. Keyin choynakning ichidagini to'kib
tashlang va keyingi foydalanishdan oldin suvni 4–5 marta qaynatib oling.
Choynakning tashqi yuzasini quruq mato yoki neytral yuvish vositasining

Related product manuals