EasyManua.ls Logo

LG P12EP1 - Aqlli Funksiyalar; LG Smartthinq Ilovasidan Foydalanish

LG P12EP1
236 pages
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
28
AQLLI FUNKSIYALAR
UZ
LG SmartThinQ ilovasidan
foydalanish
LG SmartThinQ ilovasidan
foydalanishdan avval quyidagilarni
tekshiring
Quyidagi logotip tushirilgan jihozlar uchun:
logo
1
Jihoz va simsiz router (Wi-Fi tarmoq) orasidagi
masofani tekshiring.
Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa
juda uzoq bo‘lsa, signal kuchi pasayadi.
Ulanish uzoq vaqt talab qilishi yoki o‘rnatish
muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.
2
Smartfoningizdagi Mobil internetni o‘chiring.
iPhone telefonlarida Sozlamalar Mobil
Mobil internet yordamida mobil internetni
o‘chiring.
3
Smartfoningizni simsiz routerga ulang.
Izoh
Wi-Fi ulanishini tekshirish uchun boshqaruv
panelida Wi-Fi
belgisi yoqilganligini ko‘ring.
Bu jihoz faqat 2.4 GGs chastotali Wi-Fi
tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini
tekshirish uchun internet-provayderingizga
murojaat qiling yoki simsiz router qo‘llanmasiga
qarang.
LG SmartThinQ tarmoqqa ulanish muammolari
yoki tarmoqda yuzaga kelgan har qanday
nosozlik, noto‘g‘ri ishlash yoki xatolarni bartaraf
qilish uchun mo'ljallanmagan.
Agar jihozlar Wi-Fi tarmog‘iga ulana olmasa,
muammo jihoz routerdan uzoqda joylashganligi
sababli yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Wi-Fi
signalini kuchaytirish uchun Wi-Fi retranslyator
(signal kuchaytirgich) sotib oling.
Uydagi tarmoq muhitiga qarab Wi-Fi ulanishi
o‘rnatilmasligi yoki uzilib qolishi mumkin.
Internet ta'minotchisiga qarab tarmoq ulanishida
muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Atrofdagi simsiz aloqa muhiti tufayli simsiz tarmoq
xizmati sekin ishlashi mumkin.
Simsiz signal uzatilishida muammo bo‘lsa, jihoz
tarmoqqa ulana olmaydi. Jihozni o‘chiring va yana
urinib ko‘rishdan avval taxminan bir daqiqa kuting.
Agar simsiz routeringizda himoya devori yoniq
bo‘lsa, himoya devorini o‘chiring yoki uni istisnolar
ro‘yxatiga kiriting.
Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va
raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim.
(Maxsus belgilarni ishlatmang)
Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI) mobil
operatsion tizim (OS) va ishlab chiqaruvchiga
qarab farq qilishi mumkin.
Agar routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib
belgilangan bo‘lsa, tarmoqni sozlay olmasligingiz
mumkin. Uni boshqa xavfsizlik protokoliga
o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi) va jihozni
qaytadan ro'yxatdan o'tkazing.

Table of Contents

Related product manuals