EasyManua.ls Logo

AENO AP1S - Havoni tozalash qurilmasi (a rasmga qarang); Boshqaruv panelidan boshqarish

AENO AP1S
116 pages
Print Icon
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
aeno.com/documents
107
to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri tushishiga, uni nam bo'lishiga va tebranishga yo'l
qo'ymang. Qurilmani tushirib yubormang, tashlamang, qismlarga ajratmang
yoki o'zingiz ta'mirlashga urinmang. Kabelni radiatorlar, plitalar yoki isitgichlar
yoniga qo'ymang. Qurilmani tozalash uchun tozalovchi vositalar yoki yuvish
vositalaridan foydalanmang. Qurilmani saralanmagan maishiy chiqindilar bilan
tashlamang, chunki bu atrof-muhitga zarar etkazadi. To'g'ri utilizatsiya qilish
bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish uchun mahalliy chiqindilarni yig'ish va olib
chiqish tashkilotiga murojaat qiling. Bolalarga bu qurilma bilan o'ynashlariga
yo'l qo'ymang. Jiddiy shikastlanish va elektr toki urishi xavfi mavjud. Ushbu
qurilma faqat kattalar foydalanishi uchun mo'ljallangan.
Ushbu hujjatda keltirilgan ogohlantirishlar, ehtiyot choralari va ko'rsatmalar
barcha yuzaga keladigan xavfli vaziyatlarni o'z ichiga olmaydi. Qurilmadan
foydalanganda aqlni ishlating.
Havoni tozalash qurilmasi (a rasmga qarang)
(1) boshqaruv paneli, (2) havo chiqadigan teshiklar, (3) korpus (tanasi),
(4) – havoni qabul qilib oluvchi to'siq, (5)– yorug'ligini pastdan yoritib turuvchi,
(6) – infraqizil datchik, (7) – HEPA-filtri, (8) – orqa qopqoq.
Diqqat! HEPA-filtirini tozalash uchun olib qo'yishdan tashqari, hech qachon
tozalagichni qismlarga ajratmang.
Boshqaruv panelidan boshqarish
Tozalash vositasining yuqori boshqaruv panelida (b rasmga qarang)
indikatorlari (ko'rsatkichi) joylashgan 5 ta tugma mavjud:
ON/OFF tugmasi tozalagichni yoqish va o'chirish uchun ishlatiladi;
MODE tugmasi tozalagichning quvvatini o'zgartiradi. Navbati bo'yicha jami
to'rtta rejim mavjud: 1) AUTO avtomatik rejim, bunda havoning ifloslanish
darajasiga qarab tozalagich ishlash quvvatini o'zi tanlaydi; 2) H yuqori
quvvat; 3) M o'rtacha quvvat; 4) kam quvvat yoki uyqu holati. Ish
rejimini tanlash uchun MODE tugmasini bosing. Qisqa ovozli signaldan so'ng
indikator (ko'rsatkich) joriy ish rejimini ko'rsatadi;
TIMER tugmasi tozalagichning ishlash vaqtini belgilaydi. Hammasi bo'lib
uchta ish rejimi mavjud: 2H, 4H va 8H (bu degani, 2, 4 va 8 soat). Taymer

Table of Contents

Related product manuals