bo'yicha ish tugagandan keyin tozalagich o'chadi. Xuddi shu tugma
yordamida siz tozalagichni Wi-Fi orqali aniqlash rejimini smartfoningizdan
boshqarish uchun faollashtirishingiz mumkin. Bu haqda ko'proq ma'lumotni
aeno.com/documents veb-saytida joylashgan qo'llanmaning to'liq
versiyasidan bilib olishingiz mumkin;
LIGHT tugmasi sizga tozalagichning yorug'ligini pastdan yoritib turishni
uchta rejimda navbat bilan o'zgartirishga imkon beradi: Soft - yumshoq
yorug'lik; Standart - normal yorug'lik; Off – yorug'ligini pastdan yoritib turish
o'chirilgan. Agar siz tugmachani bosib, uni 3 soniyadan ko'proq ushlab
tursangiz, tozalagich bolalardan himoya qilish rejimga o'tadi: barcha
tugmalar ishlashdan to'xtaydi. Bolalardan himoya qilish rejimidan chiqish
uchun tugmani yana 3 soniya davomida ushlab turing;
(UV/FILTER) tugmasi dezinfektsiya qilish uchun ultrabinafsha diodini
ishga tushiradi. Ushbu tugmani yana bosish ultrabinafsha diodini o'chiradi.
2200 soatlik ishdan so'ng HEPA-filtri butunlay ifloslangan bo'ladi. Bunday
holda, UV/FILTER indikatori (ko'rsatkichi) qizil rangda yonib-o'chib turadi. Buni
to'xtatish uchun indikatorni (ko'rsatkichni) bosib, uni kamida 7 soniya ushlab
turishingiz kerak.
Texnik xizmat ko'rsatish
HEPA-filtirini tozalashdan yoki almashtirishdan oldin tozalagich o'chirilgan va
u tokdan uzilganligiga ishonch hosil qiling. HEPA-filtirini changdan tozalash
uchun uni tozalagich korpusidan chiqarib oling. Chang va kirni qoqib tashlang
va qoldiqlarni faqat quruq mato yoki cho'tka bilan olib tashlang.
Tozalagichning korpusidagi chang va kirni tozalash uchun neytral (agressiv
bo'lmagan) yuvish vositasidan va yumshoq matodan foydalaning. HEPA-filtiri
quritilganidan so'ng uni ishga tushirish uchun havo tozalagichga o'rnating.
Agar havo tozalagich uzoq vaqt davomida ishlatilmasa, siz qurilma quruq,
salqin va yaxshi shamollatiladigan joyda ekanligiga ishonch hosil qilishingiz
kerak, uni chang o'tkazmaydigan qop bilan yopib qo'ying. Ishlatilmaydigan
tozalagichni ish holatida saqlash uchun vaqti-vaqti bilan kamida bir necha
daqiqaga yoqishingiz kerak.