EasyManua.ls Logo

AENO AP1S - Mumkin bolgan nosozliklarni bartaraf etish

AENO AP1S
116 pages
Print Icon
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
aeno.com/documents
109
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
1. Tozalaqich yoqilmayapti. Tozalagich rozetkaga ulanganligini va rozetkada
quvvat manbai mavjudligini, avtomat manbai yoqilganligini va
saqlagichning (predoxranitelning) buzilmaganligini, filtrni o'zgartirish uchun
qizil indikatorning (ko'rsatkichning) yonib-o'chmaganligini tekshiring.
2. Chang yaxshi tozalanmayapti. Mumkin bo'lgan sabablar va uni hal qilish
uchun echimlar: Filtrning ustki qismida (yuzasida) chang tiqilib
qolmaganligini va havoni so'rib olish yoki chiqarishga to'sqinlik qiladigan
to'siqlar yo'qligini tekshiring.
3. Qattiq shovqin. Mumkin bo'lgan sabablar va ularni hal qilish uchun
yechimlar: Ventilyatorga hech narsa tiqilib qolmaganligini va tozalagichning
korpusi egilib qolmaganligini tekshirib ko'ring. Agar shovqin hali ham baland
bo'lsa, MODE quvvat tugmasi yordamida tozalagich quvvatini kamaytirib
ko'ring. Tozalagichni tungi vaqtda ishlatganda kam quvvat rejimidan
foydalaning.
4. Tozalagichdagi yoqimsiz hid. Mumkin bo'lga sabablar va ularni hal qilish
uchun yechimlar: Agar tozalagich birinchi marta ishga tushirilganda bir
necha soat ichida undan plastik hidi chiqsa, bu normal holat, havotir olishga
hojati yo'q. Filtr chang bilan to'lib qolsa ham, qurilma yoqimsiz hid chiqarishi
mumkin. Unda uni tozalash yoki almashtirish kerak. Agar yonayotgan hidni
sezsangiz, tozalagichni darhol rozetkadan chiqaring. Keyin qo'llab-
quvvatlash xizmatiga yoki qurilmangizni sotib olgan sotuvchiga murojaat
qiling.
5. Filtrni almashtirgandan yoki tozalaganingizdan keyin ham filtrni o'zgartirish
uchun indikator (ko'rsatkich) yonib-o'chib turadi. Mumkin bo'lgan sabablar
va ularni hal qilish uchun echimlar: UV/FILTER tugmachasini kamida 7 soniya
ushlab turing. Filtrni almashtirish taymeri qayta ishga tushadi va indikator
(ko'rsatkich) o'chadi.
DIQQAT! Agar yuqorida ko'rsatib o'tilgan yechimlarning hech biri
muammoingizni hal qilmasa, etkazib beruvchiga yoki xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling. Iltimos, qurilmani o'zingiz ochib, qismlarga
(bo'laklarga) ajratmang yoki ta'mirlashga urinmang.

Table of Contents

Related product manuals