30
UZ
Smart Diagnosis (Aqlli 
tashxislash)
Bu xususiyatdan faqat   yoki   logotipiga ega 
bo‘lgan modellarda foydalanish mumkin.
Jihozingiz bilan muammolarni tashxislash va hal 
qilish uchun shu xususiyatdan foydalaning.
Izoh
 • LGE’ga xos bo‘lmagan sabablar tufayli Wi-Fi ning 
mavjud emasligi, Wi-Fi ning uzilishi, mahalliy 
ilovalar do‘konining siyosati yoki ilovaning mavjud 
emasligi kabi tashqi omillar tufayli xizmat 
ishlamasligi mumkin.
 • Bu 
xususiyat avvaldan xabar berilmasdan turib 
o‘zgartirilishi va qayerda joylashganligingizga 
bog‘liq ravishda boshqacha bo‘lishi mumkin.
Muammolarni tashxislash uchun LG 
ThinQ ilovasidan foydalanish
Agar sizda Wi-Fi bilan jihozlangan qurilmangiz bilan 
bo‘liq muammo bo‘lsa, u nosozliklarni bartaraf qilish 
ma’lumotlarini LG ThinQ ilovasidan foydalanib 
smartfonga o‘tkazishi mumkin.
 • LG 
ThinQ ilovasini ishga tushiring va menyuda 
Smart Diagnosis xususiyatini tanlang. LG ThinQ 
ilovasida berilgan ko‘rsatmalarni bajaring.
Muammolarni tashxislash uchun 
Audible Diagnosis xususiyatidan 
foydaanish
Ovozli diagnostika usulidan foydalanish uchun 
quyidagi koʻrsatmalarni bajaring.
 • LG ThinQ ilovasini ishga tushiring va menyuda 
Smart Diagnosis xususiyatini tanlang. LG ThinQ 
ilovasida eshitish orqali tashxislash uchun 
berilgan ko‘rsatmalarni bajaring.
1
Elektr kabeli sanchqisini rozetkaga to‘g‘ri ulang.
2
Smartfoningiz mikrofonini   yoki   logotipiga 
yaqinroq joylashtiring.
3
Ma’lumotlar o‘tkazish yakunlangunicha 
smartfoningiz mikrofonini logotipga ushlab 
turgan holda Diagnosis(5 s) tugmasini 5 
soniya yoki undan ko‘proq vaqt bosib turing.
 • Ma’lumot 
uzatilguniga qadar smartfonni 
shunday tutib turing. Ma’lumot uzatuvi 
yakunlanishiga qadar qolgan vaqt displeyda 
ko‘rsatiladi.
4
Ma’lumotlarni o‘tkazish yakunlangandan keyin 
tashxis ilovada ko‘rsatiladi.
Izoh
 • Yaxshi natijaga erishish uchun ma’lumotni uzatish 
paytida telefonni siljitmang.
 • Atrofdagi shovqin minimal darajaga 
o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling, aks holda 
tеlеfon gudokli signalni ichki blokdan to’g’ri qabul 
qilmasligi mumkin.