3
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
UZ
Quyidagi xavfsizlik ko'rsatmalari kutilmagan xavflar hamda 
jihozdan ehtiyotsizlik bilan yoki noto'g'ri foydalanish oqibatida 
kеlib chiqadigan zararlarning oldini olishga mo'ljallangan.
Ushbu ko'rsatmalar quyida ko'rsatilganidеk “OGOHLANTIRISH” va 
“DIQQAT” belgilari bilan qismlarga ajratilgan.
Ushbu bеlgi xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan holat va 
amallarni bildiradi. Mazkur bеlgi bilan ajratilgan qismni 
ehtiyotkorlik bilan o'qing va xavfning oldini olish uchun 
ko'rsatmalarga amal qiling.
OGOHLANTIRISH
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik jiddiy jarohat yoki 
o'limga sabab bo'lishi mumkinligini bildiradi.
DIQQAT
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik yengil jarohat yoki 
mahsulotga zarar yеtishiga sabab bo'lishi mumkinligini 
bildiradi.
Ichki va tashqi bloklarda quyidagi belgilar ko‘rsatiladi.
Bu belgi jihozda yonuvchan sovitish moddasi borligini 
bildiradi. Agar sovitish moddasi sizib chiqib, o‘t olish 
manbasiga tegsa, yong‘in chiqish xavfi bor.
Bu belgi foydalanish qo‘llanmasini diqqat bilan o‘qib 
chiqish kerakligini bildiradi.
Bu belgi ushbu qurilmani malakali texniklar o‘rnatish 
qo‘llanmasiga qarab xizmat ko‘rsatishi kerakligini 
bildiradi.
Bu belgi foydalanish qo‘llanmasi yoki o‘rnatish 
qo‘llanmasi kabi ma’lumot manbalari borligini bildiradi.