EasyManuals Logo

Saeco SM8889/00 User Manual

Saeco SM8889/00
856 pages
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Page #360 background imageLoading...
Page #360 background image
358
O'zbek
Yanchilgan qahvadan qahva damlash
Yanchilgan qahvadan qahva damlash uchun quyidagi oddiy amallarni bajarishingiz kerak.
1 Yanchilgan qahva boʻlinmasining qopqogʻini oching va ichiga bir oʻlchovli qoshiqda yanchilgan qahva
soling. Keyin qopqoqni yoping.
2 Ichimliklar belgisini bosing, chapdan oʻngga suring va ichimlikni tanlang.
3 Yanchilgan qahva boʻlinmasi belgisini bosing.
4 Sozlanuvchi panellarni yuqoriga va pastga surish orqali sozlamalarni xohishingizga moslashingiz
mumkin.
5 Tanlangan ichimlikni damlashni boshlash uchun start/stop belgisini bosing.
Agar birlamchi yanchilgan qahvani tanlasangiz, qahva qattiqligini sozlay olmaysiz va bir vaqtda bir
finjondan ortiq qahva damlay olmaysiz.
Qaynoq suv quyish
1 Ichki kapuchinator mashinaga toʻgʻri biriktirilganini tekshiring (Rasm 1).
2 Finjonni dispenser tagiga qoʻying.
3 “Qaynoq suv” bandini bosing (Rasm 2).
4 Qaynoq suv miqdorini yoki haroratini oʻzingizga kerakli qilib oʻzgartirish uchun sozlanuvchi panellarni
yuqoriga va pastga suring (Rasm 3).
5 Start/Stop belgisini bosing.
6 Mashina yakunlashidan avval issiq suv quyishni toʻxtatish uchun start/stop belgisini (faqat SM8780,
SM8782, SM8785) qayta bosing yoki stop belgisini (faqat SM8885, SM8889) qayta bosing.
Moslashtirish
Bu mashina ichimlik xususiyatlarini sizning istagingizga qarab oʻzgartirish va oʻzgartirilgan ichimlikni shaxsiy
profilga saqlab qoʻyish imkonini beradi. Oʻz belgingiz va profil nomingizni tanlashingiz mumkin.
BeanMaestro funksiyasi bilan donlarning eng yaxshi taʼminini oling
BeanMaestro bilan donlaringiz turi va qovurilishini tanlashingiz mumkin. U keyin mashina qahva donlarining
eng yaxshi taʼmini chiqarish uchun damlash sozlamalarini avtomatik optimallaydi.
1 Asosiy menyudagi Donlar belgisini bosing (Rasm 4).
2 BeanMaestro funksiyasini bosing (Rasm 5).
3 Donlar turini tanlang. Arabica va Robusta aralashmasi orasidan tanlashingiz mumkin.
4 Donlaringizning qovurilish darajasini tanlashingiz mumkin.
5 Damlash sozlamalari avtomatik optimallanadi.
6 Keyingi qahvangizdan bahra oling.

Table of Contents

Questions and Answers:

Question and Answer IconNeed help?

Do you have a question about the Saeco SM8889/00 and is the answer not in the manual?

Saeco SM8889/00 Specifications

General IconGeneral
BrandSaeco
ModelSM8889/00
CategoryCoffee Maker
LanguageEnglish

Related product manuals