86 aeno.com/documents
UZ AENO havo tozaligichi bino ichidagi havoni allergenlardan, gul
changlaridan, zamburug'li sporalaridan, chang zarrachalaridan, tutundan,
hayvonlarning yungidan va yoqimsiz hidlardan zararsizlantirish va tozalash
uchun mo'ljallangan.
Texnik xususiyatlari
Tok kuchlanishi: 12 V, 1 A. Quvvati: 12 Vt. Quvvat adapteriga kirishda quvvat
kuchlanishi: 100-240 V o'zgaruvchan tok, 50-60 Gtz. Unumdorligi: 110
m
3
/soat. Shovqin darajasi: 40 dB gacha (1 m masofada). Xizmat ko'rsatish
maydoni: 20 m
2
gacha. Uy ichidagi havoni tozalash vaqti: 2-3 soat.
O'ralmagan holdagi vazni: 1,9 kg. Hajmi: Ø205 mm × 295 mm.
Yetkazib berilgan mahsulotning to'plami
AENO havo tozaligichi (a rasmga qarang), quvvat adapteri, HEPA filtri,
foydalanish uchun tezkor qo'llanma, kafolat taloni.
Cheklovlar va ogohlantirishlar
Diqqat! Qurilmaning ichida ultrabinafsha nur chiqaradigan diod mavjud.
Qurilmani qismlarga ajratish va uni qismlarga ajratilgan holda yoqish
ta'qiqlanadi, bu sizning ko'zlaringiz uchun juda xavflidir.
Texnik xizmat ko'rsatishni boshlashdan oldin tozalagich o'chirilganligiga
ishonch hosil qiling. Tozalagichni suvga yoki boshqa suyuqlikka botirmang.
Changyutgichni tozalashda xlor yoki spirtli moddalarni o'z ichiga oladigan
agressiv va yonuvchan mahsulotlardan foydalanmang. Qurilmadan faqat
foydalanish uchun tezkor va qisqa qo'llanmalarida ko'rsatib o'tilgan tavsifga
muvofiq foydalaning. Ko'rsatmalarga rioya qilmaslik yong'in va boshqa xavfli
holatlarga, shuningdek jarohatlarga olib kelishi mumkin. Agar qurilma
shikastlangan yoki yorilib ketgan bo'lsa, uni ishlatmang. Qurilmani ochiq
havoda yoki suv manbalari, shu jumladan havo namlagichlari yaqinida
o'rnatmang. Qurilmaga to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri tushishiga, uni nam