aeno.com/documents 89
vositasi bilan yumshoq matodan foydalaning. HEPA filtri quritilganidan
so'ng uni ishga tushirish uchun havo tozalagichga o'rnating. Agar havo
tozalagich uzoq vaqt davomida ishlatilmasa, siz qurilma quruq, salqin va
yaxshi shamollatiladigan joyda ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak,
uni chang o'tkazmaydigan qop bilan yopib qo'ying. Ishlatilmaydigan
tozalagichni ish holatida saqlash uchun vaqti-vaqti bilan kamida bir necha
daqiqaga yoqishingiz kerak.
Diqqat! Tozalagichning korpusiga (tanasiga) suvning tushishiga yo'l
qo'ymang
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
1. Tozalaqich yoqilmayapti. Tozalagich rozetkaga ulanganligini va rozetkada
quvvat manbai mavjudligini, avtomat manbai yoqilganligini va
saqlagichning (predoxranitelning) buzilmaganligini, filtrni o'zgartirish
uchun qizil ko'rsatkichning yonib-o'chmaganligini tekshiring.
2. Qattiq shovqin. Ventilyatorga biron narsa tiqilib qolmaganligini yoki
tozalagich korpusi (tanasi) og'ib ketmaganligini tekshiring. Agar shovqin
hali ham baland bo'lsa, Speed Mid, Sleep tugmalari yordamida
tozalagichning ishlash quvvatini kamaytirishga harakat qiling. Tunda
tozalagichni ishlatish uchun Sleep rejimidan foydalaning.
3. Tozalagichdagi yoqimsiz hid. Agar tozalagich dastlab ishga tushirilgandan
keyin bir necha soat ichida plastik hid chiqarsa, bu normal holat. Agar filtr
chang bilan to'lib qolsa ham, qurilma yoqimsiz hid chiqarishi mumkin. Bu
holda, uni tozalash yoki almashtirish kerak. Agar yonayotgan hidni
sezsangiz, tozalagichni darhol rozetkadan chiqaring. Keyin qo'llab-
quvvatlash xizmatiga yoki qurilmangizni sotib olgan sotuvchiga murojaat
qiling.
4. Filtrni almashtirgandan yoki tozalaganingizdan keyin ham filtrni
o'zgartirish uchun ko'rsatkich yonib-o'chib turadi. Filter - filtrning