28
UZ
 • Simsiz signal uzatilishida muammo bo‘lsa, jihoz 
tarmoqqa ulana olmaydi. Jihozni o‘chiring va yana 
urinib ko‘rishdan avval taxminan bir daqiqa kuting.
 • Agar simsiz routeringizda himoya devori yoniq 
bo‘lsa, himoya devorini o‘chiring yoki uni istisnolar 
ro‘yxatiga kiriting.
 • Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va 
raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim. 
(Maxsus belgilarni ishlatmang)
 • Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI) mobil 
operatsion tizim (OS) va ishlab chiqaruvchiga 
qarab farq qilishi mumkin.
 • Agar routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib 
belgilangan bo‘lsa, tarmoqni sozlay olmasligingiz 
mumkin. Uni boshqa xavfsizlik protokoliga 
o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi) va jihozni 
qaytadan ro’yxatdan o’tkazing.
LG ThinQ ilovasini o‘rnatish
Smartfonda Google Play Store yoki Apple App 
Store do‘konlaridan LG ThinQ ilovasini qidiring. 
Ilovani yuklab olish va o‘rnatish ko‘rsatmalariga 
amal toping.
Simsiz LAN moduli xarakteristikasi
Rusum LCW-003
Chastota ko‘lami 2412 - 2472 MGs
Chiqish quvvati 
(maks)
IEEE 802.11b:18.37 dBm
 
IEEE 802.11g:17.67 dBm 
IEEE 802.11n:17.67 dBm
Mikrodastur versiyasining simsiz funksiyasi: V 1,0
Ochiq manbali kodli dasturiy 
ta’minot haqida bildirishnoma
GPL, LGPL, MPL va boshqa ochiq kod litsenziyalari 
asosida ushbu mahsulot tarkibidagi manba kodini 
olish uchun http://opensource.lge.com sahifasiga 
tashrif buyuring.
Manba kodidan tashqari barcha tegishli litsenziya 
shartlari, kafolatni rad etish bayonotlari va mualliflik 
huquqiga oid bildirishnomalarni yuklab olish 
mumkin.
LG Electronics opensource@lge.com manziliga 
so‘rov yuborilgan hollarda bunday yetkazib berish 
xarajatlarini (jumladan, media, jo‘natish va qayta 
ishlash xarajatlari) qoplovchi to‘lov evaziga 
CD-ROM orqali ham ochiq turdagi kodni yetkazib 
beradi. Bu taklif mahsulotni yetkazib berilgandan 
so‘ng uch yil ichida amal qiladi. Bu taklif ushbu 
ma’lumotni olgan har kim uchun amal qiladi.