27
AQLLI FUNKSIYALAR
UZ
LG ThinQ ilovasi
Bu xususiyatdan faqat   yoki ThinQ logotipiga 
ega bo‘lgan modellarda foydalanish mumkin.
LG ThinQ ilovasi smartfondan foydalanib jihoz bilan 
aloqada bo‘lishga imkon beradi.
LG ThinQ ilovasi xususiyatlari
Qulay aqlli funksiyalar yordamida smartfon orqali 
jihozga ulaning.
Smart Diagnosis (Aqlli tashxislash)
Agar sizda ilovadan foydalanishda muammolar 
bo‘lsa, ushbu aqlli tashxislash xususiyati muammoni 
tashxislashda yordam beradi.
Sozlanmalar
Jihozda va ilovada turli parametrlarni qo‘yish 
imkonini beradi.
Izoh
 • Agar simsiz marshrutizator, Internet xizmati 
provayderi yoki parolni o‘zgartirsangiz, ro‘yxatga 
olingan jihozni LG ThinQ ilovasidan o‘chiring va 
uni qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazing.
 • Mahsulot sifatini oshirish maqsadida 
foydalanuvchiga oldindan ogohlantirishsiz ilovaga 
o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
 • Rusumga bog’liq ravishda xususiyatlar o’zgarishi 
mumkin.
LG ThinQ ilovasidan foydalanishdan 
avval
1
Jihoz va simsiz router (Wi-Fi tarmoq) orasidagi 
masofani tekshiring.
 • Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa 
juda uzoq bo‘lsa, signal kuchi pasayadi. 
Ulanish uzoq vaqt talab qilishi yoki o‘rnatish 
muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.
2
Smartfoningizdagi Mobil internetni o‘chiring.
3
Smartfoningizni simsiz routerga ulang.
Izoh
 • Wi-Fi ulanishini tekshirish uchun boshqaruv 
panelida 
 belgisi yoqilganligini ko‘ring.
 • Bu jihoz faqat 2,4 GGs chastotali Wi-Fi 
tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini 
tekshirish uchun internet-provayderingizga 
murojaat qiling yoki simsiz router qo‘llanmasiga 
qarang.
 • LG ThinQ tarmoqqa ulanish muammolari yoki 
tarmoqda yuzaga kelgan har qanday nosozlik, 
noto‘g‘ri ishlash yoki xatolarni bartaraf qilish 
uchun mo’ljallanmagan.
 • Agar jihozlar Wi-Fi tarmog‘iga ulana olmasa, 
muammo jihoz routerdan uzoqda joylashganligi 
sababli yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. Wi-Fi 
signalini kuchaytirish uchun Wi-Fi retranslyator 
(signal kuchaytirgich) sotib oling.
 • Uydagi tarmoq muhitiga qarab Wi-Fi ulanishi 
o‘rnatilmasligi yoki uzilib qolishi mumkin.
 • Internet ta’minotchisiga qarab tarmoq ulanishida 
muammolar yuzaga kelishi mumkin.
 • Atrofdagi simsiz aloqa muhiti tufayli simsiz tarmoq 
xizmati sekin ishlashi mumkin.