Split turidagi konditsioner/Foydalanuvchi qo‘llanmasi
139 / 196 UZ
•
Konditsionerni yonuvchi
gazlarning sizib chiqish ehtimoli
mavjud bo‘lgan binolarda
ishga tushirmang. Yonuvchi
gazlar konditsioner atrofida
to‘planib, portlashga sabab
bo‘lishi mumkin.
•
Konditsionerni vannaxona yoki
kir yuvish xonasi kabi nam
xonalarda ishlatmang. Suv
bilan juda ko‘p ta‘sirlanish elektr
qismlarida qisqa tutashuvga olib
kelishi mumkin.
•
Tanangizni uzoq vaqt davomida
kondirsionerdan chiqayotgan
sovuq havo oqimiga tutmang.
•
Bolalar konditsioner bilan
o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang.
Bolalar blok oldiga kelganda
har doim nazorat ostida bo‘lishi
kerak.
•
Agar konditsioner gorelka
va boshqa turdagi isitgichlar
ishlaydigan xonada ishlatilsa,
kislorod tanqisligining oldini
olish uchun xonani yaxshilab
shamollating.
•
Ayrim funksional muhitlarda,
masalan, oshxonalar, server
xonalari va boshqalarda maxsus
mo‘ljallangan konditsioner
bloklaridan foydalanish tavsiya
etiladi.
Mahsulotni tozalash
va texnik xizmat
ko‘rsatishga oid
ogohlantirishlar
•
Tozalashdan oldin qurilmani
o‘chiring va quvvatdan uzing.
Bunday qilmaslik tok urishiga
sabab bo‘lishi mumkin.
•
Konditsionerni haddan ortiq
ko‘p suv bilan tozalamang.
•
Konditsionerni tez yonuvchan
tozalash vositalari bilan
tozalamang. Bunday tozalash
vositalari yong‘in kelib chiqishi
yoki korpus shaklining
o‘zgarishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
1 Ehtiyot choralari