220
O'zbek
-
Agar jihozdan notoʻgʻri foydalanilsa yoki professional yoki yarim professional
maqsadlarda ishlatilsa yoki ushbu foydalanuvchi qoʻllanmasining
koʻrsatmalariga muvofiq ishlatilmasa, kafolat bekor qilinadi va Philips har
qanday shikastlanishga nisbatan majburiyatni tan olmaydi.
-
Tekshirish yoki taʼmirlash uchun jihozni har doim Phillips tomonidan vakolat
berilgan xizmat markaziga qaytaring. Jihozni oʻzingiz tuzatishga urinib
koʻrmang, aks holda kafolat bekor qilinadi.
-
Doim ishlatilganidan keyin quvvatdan uzib qoʻying.
-
Jihozni ishlatish yoki tozalashdan oldin taxminan 30 daqiqa davomida
sovishini kuting.
-
Bu jihozda ishlatilgan masalliqlar qora yoki jigarrang emas, balki tillarang
sariq boʻlishini tekshiring.
-
Kuygan qoldiqlarni olib tashlang. (akrilamid hosil boʻlishini minimallashtirish
uchun) Yangi kartoshkani 180°C dan yuqori haroratda qovurmang.
-
Tozalash vaqtida ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan pishirish qismining yuqorigi
sohasi: Issiq isitish elementi, metal qismlarning chekkasi va sachrashdan
himoyalovchi qopqoq.
-
Har doim masalliqlar aerogrillda toʻliq pishirilganiga ishonch hosil qiling.
-
Pishirilgan ovqatni boshqa idishga solish vaqtida jihoz qismlarining idishga
tushib ketishidan ehtiyot bo‘ling.
Elektromagnit maydonlar (EMF)
Bu jihoz elektromagnit maydonlarning taʼsiri boʻyicha amaldagi standart va
meʼyorlarga javob beradi.
Qayta ishlash
-
Bu belgi elektr jihozlari odatiy maishiy chiqindilar bilan tashlanmasligi
zarurligini bildiradi
-
Elektrik mahsulotlarni alohida yig‘ish to‘g‘risida mamlakatingizda amal
qiluvchi qoidalarga rioya qiling.
Kafolat va qoʻllab-quvvatlash
Versuni ushbu mahsulotga xariddan keyin ikki yillik kafolat taklif qiladi. Agar
nuqson xato foydalanish yoki yomon profilaktika sababli yuzaga kelgan boʻlsa,
ushbu kafolat amal qilmaydi. Kafolatimiz mijoz sifatida qonunchilikdagi
huquqlaringizga taʼsir qilmaydi. Batafsil axborot olish yoki kafolatdan
foydalanish uchun www.philips.com/support veb-saytimizga kiring.
Kirish
Xaridingiz muborak boʻlsin va Philipsʻga xush kelibsiz!
221 / 557 220 / 555 221 / 557