60
O'zbek
Izoh: Sut sogʻish moslamasi toʻgʻri vakuum hosil qilishi uchun yostiq, silikon diafragma va silikon naychani
toʻgʻri joylashtirish juda muhimdir.
1. Qoʻlingizni sovun va
suv bilan yaxshilab
yuving.
2. Moslama korpusidagi
oq klapanni iloji boricha
uzoqroqqa suring.
3. Moslama korpusini
butilkaga burab qoʻying.
4. Massajli uchlikni
moslama korpusiga
joylashtiring va halqa
moslama korpusini
qoplaganligini
tekshiring.
4A. Massajli uchlikning
ichki qismini chiziqqa
qarshi voronka ichiga
suring (strelka bilan
koʻrsatilgan).
5. Silikon diafragmani
moslama korpusiga
joylashtiring.
5A. Silikon diafragmani
bosh barmoqlaringiz
bilan pastga bosib, halqa
atrofida mahkam
oʻrnashganligini
tekshiring.
6. Silikon naycha va
qopqoqni silikon
diafragmaga ulang.
Qopqoqni mahkam
oʻrnashguncha pastga
suring.
7. Naycha(lar)ni motor
blokiga ulang.
8. Adapterni tarmoqqa
kirgizing va uchidagi
kichik vilkani motor
blokiga kirgizing.
9. Sut sogʻish moslamasi
endi foydalanishga
tayyor.
Izoh: Sut sogʻish
moslamasini oʻzingiz
bilan olib borganingizda
va sogʻishga tayyorgarlik
koʻrayotganda uni toza
saqlash uchun
qopqoqni yostiq ustiga
qoʻyishingiz mumkin.