69
O'zbek
O'zbek
Muammo Yechim
Hech qanday soʻrishni his
qilmayapman/soʻrish
darajasi juda past.
- Iloji boʻlsa, yuqoriroq soʻrish darajasini sinang.
- Silikon diafragramma toʻgʻri yigʻilganini ekshiring (qarang "Sut sogʻish
moslamasini yigʻish").
- Oq klapan shikastlanmagani va toʻgʻri yigʻilganini tekshiring (qarang "Sut
sogʻish moslamasini yigʻish").
- Sut sogʻish moslamasining boshqa qismlari buzilmagani va toʻgʻri
yigʻilganini tekshiring (qarang "Sut sogʻish moslamasini yigʻish").
- Sut sogʻish moslamasi va koʻkrak orasida germetiklikni taʼminlash uchun
sut sogʻish moslamasini koʻkrakka toʻgʻri joylashtiring.
- Agar shunda ham soʻrishni his qilmasangiz, www.philips.com/support
orqali Mijozlarga yordam xizmati markaziga murojaat qiling.
Sut sogʻish
moslamasining soʻrilishi
juda kuchli.
- Iloji boʻlsa, pastroq soʻrish darajasini sinang. Birinchi marta sogʻganingizda
birlamchi soʻrish darajasidan boshlang (stimullash rejimida 5-daraja,
sogʻish rejimida 11-daraja) va kerak boʻlganda darajani
oshiring/kamaytiring. Turli sogʻish seanslari davomida turli darajalar siz
uchun eng qulay boʻlishi mumkin.
- Faqat ushbu sut sogʻish moslamasi bilan birga taqdim etiladigan sut
sogʻish moslamasi qismlaridan foydalaning.
- Silikon diafragma shikastlanmaganini (kichik yoriqlar, teshiklar va
boshqalar yoʻqligini) tekshiring.
- Agar muammo davom etsa, www.philips.com/support orqali Mijozlarga
yordam xizmati markaziga murojaat qiling.
Sut sogʻish moslamasini
ishlatganimda oz sut
sogʻaman/umuman
sogʻmayman.
- Agar yetarlicha soʻrishni his qilmasangiz, “Hech qanday soʻrishni his
qilmayapman/soʻrish darajasi juda past” Nosozliklarni bartaraf etish
bandini tekshiring.
- Agar Philips Avent sut sogʻish moslamasidan birinchi marta
foydalanayotgan boʻlsangiz, sutni sogʻishdan oldin biroz mashq qilishingiz
kerak boʻlishi mumkin. Batafsil sogʻish maslahatlarini Philips veb-saytida
www.philips.com/mybreastpump topish mumkin.
Saqlashdan keyin sut
sogʻish moslamasini
yoqqanimda u darhol
ishga tushmaydi.
Sut sogʻish moslamasini minimal saqlash haroratidan past yoki maksimal
saqlash haroratidan yuqori haroratda saqlagan boʻlishingiz mumkin.
Haroratini ish diapazoniga (5°C dan 40°C) moslashtirish uchun sut sogʻish
moslamasini 20°C haroratli xonada 30daqiqa davomida iqlimga
moslashtiring.
Nomaqbul nojoʻya taʼsirlar
Bu qurilma bilan bogʻliq har qanday jiddiy hodisa haqida www.philips.com/support orqali Philipsga va
foydalanuvchi va/yoki bemor registratsiya joyining vakolatli organiga xabar berilishi kerak.
Sut sogʻish moslamasidan foydalanganda nomaqbul nojoʻya taʼsirlar yuz berishi mumkin. Agar ushbu
alomatlardan birini sezsangiz, sogʻliqni saqlash mutaxassisi yoki emizish boʻyicha mutaxassisga murojaat
qiling.
Nomaqbul nojoʻya
taʼsir
Tavsif
Ogʻriq hissi Koʻkrak yoki soʻrgʻichda ogʻriq seziladi yoki soʻrishning qulay darajadan yuqori
boʻlishiga javoban seziladi.