366
O'zbek
- Mahsulot tashlab yuborilganda unga oʻrnatilgan qayta quvvatlanadigan
batareya malakali mutaxassis tomonidan olib tashlanishi lozim. O‘rnatilgan
qayta quvvatlanadigan batareyalarni olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni
www.philips.com/support manzilida topish mumkin. Tish choʻtkasi
model raqamini kiritish va mahsulotingizni topish uchun Philips yordam
xizmati asosiy sahifasidagi qidiruv qatoridan foydalaning. Model raqami
“HX” bilan boshlanadi (masalan, HX123A) va uni tish choʻtkangiz ost
qismida topish mumkin. Batareyani chiqarish koʻrsatmalari mahsulot
yordam xizmati sahifasining Nosozliklarni aniqlash va tuzatish boʻlimida
berilgan.
- Agar batareyalar shikastlansa yoki undan suyuqlik sizib chiqsa, teri yoki koʻz
bilan teginishdan saqlaning. Agar bu sodir boʻlgan boʻlsa, suv bilan
yaxshilab chaying va tibbiy yordamga murojaat qiling.
- Batareyani qoʻlga olganingizda, qoʻllaringiz, mahsulot va batareyalar quruq
ekanligiga ishonch hosil qiling.