EasyManua.ls Logo

Philips Sonicare 3100 Series - EasyStart; Choʻtka kallagini almashtirishni eslatish funksiyasi

Philips Sonicare 3100 Series
608 pages
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
251
O'zbek
- Intensivlikni oʻzgartirish uchun 2 soniya ichida
ikkinchi marta bosing.
- Pauza qilish uchun 2 soniya ichida uchinchi marta
bosing.
2 soniya tozalashdan keyin quvvat tugmasi qayta
bosilganda ham tish choʻtkasi pauza qilinadi.
EasyStart
Philips Sonicare modeli EasyStart funksiyasi
faollashtirilgan holatda taqdim etiladi. EasyStart
funksiyasi Philips Sonicare tozalashiga koʻnikishingiz
uchun ilk 14 ta tozalash davomida quvvatni asta-sekin
oshirib boradi.
EasyStart funksiyasini faolsizlantirish uchun “Funksiyalarni
faollashtirish yoki faolsizlantirish” boʻlimiga qarang.
Choʻtka kallagini almashtirishni eslatish funksiyasi
Philips Sonicare qurilmangiz choʻtka kallagingiz
eskirishini kuzatadigan BrushSync texnologiyasi bilan
jihozlangan.
Izoh: Bu funksiya BrushSync texnologiyasiga ega Philips
Sonicare aqlli choʻtka kallaklari bilan ishlaydi.
1
Yangi smart choʻtka kallagini birinchi marta
biriktirilganida dasta sizda BrushSync texnologiyasiga
ega Philips choʻtka borligini aniqlaydi va choʻtka
kallagi eskirishini kuzatadi.
2
Vaqt oʻtgani sari siz qoʻllagan bosim va ishlatgan
vaqtga qarab dasta choʻtka kallagingizni oʻzgartirish
uchun optimal vaqtni aniqlash maqsadida choʻtka
kallagini kuzatadi. Bu funksiya tishlaringizni eng
yaxshi tozalash va parvarishlash uchun kafolat beradi.
3
Choʻtka kallagini almashtirish haqida eslatuvchi chiroq
qahrabo rangda yonganida choʻtka kallagingizni
almashtirishingiz kerak.
Choʻtka kallagini almashtirishni eslatish funksiyasini
faolsizlantirish uchun qarang: “Funksiyalarni faollashtirish
yoki faolsizlantirish”.

Table of Contents

Related product manuals