EasyManua.ls Logo

Philips sonicare 5500 - Tozalash; Tish choʻtkasi dastasi; Choʻtka kallagi; Quvvatlash moslamasi

Philips sonicare 5500
755 pages
Print Icon
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
315
O'zbek
Tozalash
Tish choʻtkasi dastasi
1
Choʻtka kallagini chiqarib oling va metall val atrofi va tugmalarini iliq suv
bilan yuving. Dasta va tugmalar atrofidagi tish pastasi qoldiqlarini haftada
kamida bir marta, lekin yaxshisi har foydalanishdan keyin tozalang.
Ogohlantirish: Metall valdagi yoki tugmalar atrofidagi rezina
zichlagichni oʻtkir narsalar bilan bosmang, bu shikastlanishga olib
kelishi mumkin.
2
Dastaning butun yuzasini nam mato bilan artib oling.
Izoh: Ortiqcha suvni yoʻqotish uchun dastani rakovinaga urmang.
3
Dastani yumshoq mato yoki sochiq bilan quriting.
Choʻtka kallagi
1
Choʻtka kallagi va choʻtkani har foydalanishdan keyin yuving.
2
Choʻtka kallagini dastadan chiqarib oling va choʻtka kallagi ulanish qismini
kamida haftada bir marta iliq suv bilan yuving. Sayohat qopqogʻini zarur
boʻlgancha tez-tez yuving va havoda quriting. Faqat quruq choʻtka
kallagida ishlating.
Izoh: Choʻtka kallagi qopqogʻi yetkazish maqsadlarida ishlatiladi va davomiy
foydalanish uchun moʻljallanmagan.
Quvvatlash moslamasi
1
Tozalashdan avval, quvvatlagichni tarmoqdan uzing.
2
Quvvatlash moslamasining butun yuzasini nam mato bilan artib oling.
3
Quvvatlagichni yumshoq mato yoki sochiq bilan quriting.

Table of Contents