EasyManua.ls Logo

Philips Sonicare DiamondClean Smart 9400 - Page 338

Philips Sonicare DiamondClean Smart 9400
816 pages
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
338
O'zbek
- Mahsulotdan faqat toʻgʻri maqsadda foydalaning.
Mahsulotdan hamda uning batareyalari va
aksessuarlaridan foydalanishni boshlashdan oldin
ushbu axborotni diqqat bilan oʻqib chiqing va
keyinchalik murojaat qilish uchun uni saqlab qoʻying.
Notoʻgʻri foydalanish xavflarga yoki jiddiy jarohatlarga
olib kelishi mumkin. Taqdim etilayotgan aksessuarlar
turli mahsulotlarda oʻzaro farqlanishi mumkin.
- Faqat original Philips aksessuarlari va sarf
materiallaridan foydalaning. Faqat CBAyyyy, TCAxxxx
yoki WAAxxxx ajraladigan taʼminot blokidan
foydalaning.
- Mahsulotni va batareyalarni olovdan nari tuting va
quyosh yoki yuqori harorat taʼsirida qoldirmang.
- Agar mahsulot noodatiy qizib ketsa yoki hid chiqarsa
yoki rangini oʻzgartirsa yoki odatdagidan uzoq vaqt
quvvatlansa, undan foydalanishni va quvvatlashni
toʻxtating va Philips kompaniyasiga murojaat qiling.
- Mahsulotni va uning batareyalarini mikrotoʻlqinli
pechga yoki induksiyali plitaga qoʻymang.
- Batareyalar qizishi yoki zaharli va xavfli moddalar
ajralishining oldini olish uchun jihozni yoki batareyani
ochmang, oʻzgartirmang, teshmang, shikastlamang
yoki qismlarga ajratmang. Qayta quvvatlanadigan
batareyalarning qisqa tutashuviga, ortiqcha
quvvatlanishiga yoki teskari quvvatlanishiga yoʻl
qoʻymang.
- Bu jihozda almashtirib boʻlmaydigan batareyalar
mavjud. Batareya xizmat muddatining oxiriga
yetganida jihoz tegishli tartibda chiqitga chiqarilishi
kerak, qayta ishlash boʻlimiga qarang.
- Agar batareyalar shikastlansa yoki undan suyuqlik
sizib chiqsa, teri yoki koʻz bilan teginishdan saqlaning.
Agar bu sodir boʻlgan boʻlsa, suv bilan yaxshilab
chaying va tibbiy yordamga murojaat qiling.
- Batareyani qoʻlga olganingizda, qoʻllaringiz, mahsulot
va batareyalar quruq ekanligiga ishonch hosil qiling.

Table of Contents

Related product manuals