EasyManua.ls Logo

Philips Sonicare DiamondClean Smart 9400 - EasyStart; Choʻtka kallagini almashtirishni eslatish funksiyasi

Philips Sonicare DiamondClean Smart 9400
816 pages
Print Icon
To Next Page IconTo Next Page
To Next Page IconTo Next Page
To Previous Page IconTo Previous Page
To Previous Page IconTo Previous Page
Loading...
349
O'zbek
EasyStart
Philips Sonicare modeli EasyStart funksiyasi
faolsizlantirilgan holatda taqdim etiladi. EasyStart
funksiyasini faollashtirish uchun (qarang "Funksiyalarni
faollashtirish yoki faolsizlantirish"). EasyStart funksiyasi
Philips Sonicare tozalashiga koʻnikishingiz uchun ilk 14 ta
tozalash davomida quvvatni asta-sekin oshirib boradi.
EasyStart funksiyasi barcha rejimlar bilan ishlaydi.
Ogohlantirish
Philips Sonicare tish choʻtkasi klinik tadqiqotlarda
ishlatilsa, U Clean rejimida dasta toʻliq quvvatlangan
holda yuqori jadallikda ishlatilishi va EasyStart funksiyasi
faolsizlantirilishi kerak.
Choʻtka kallagini almashtirishni eslatish funksiyasi
Philips Sonicare qurilmangiz choʻtka kallagingiz
eskirishini kuzatadigan BrushSync texnologiyasi bilan
jihozlangan.
Izoh: Bu funksiya BrushSync texnologiyasiga ega Philips
Sonicare aqlli choʻtka kallaklari bilan ishlaydi.
1
Yangi smart choʻtka kallagini birinchi marta
biriktirganingizda dasta sizda BrushSync
texnologiyasiga ega Philips choʻtka borligini aniqlaydi
va choʻtka kallagi eskirishini kuzatadi.
2
Vaqt oʻtgani sari siz qoʻllagan bosim va choʻtka
ishlatilgan jami vaqtga qarab dasta choʻtka
kallagingizni oʻzgartirish uchun optimal vaqtni
aniqlash maqsadida choʻtka kallagini kuzatadi. Bu
funksiya tishlaringizni eng yaxshi tozalash va
parvarishlashni kafolatlaydi.
3
Choʻtka kallagini almashtirish haqida eslatuvchi
indikator sariq rangda yonganida choʻtka
kallagingizni almashtirishingiz kerak.
Barcha aqlli choʻtka kallaklari choʻtka kallaklarini
almashtirishni eslatish funksiyasi yoqilgan holatda
yetkaziladi. Choʻtka kallagini almashtirishni eslatish
funksiyasini faolsizlantirish uchun qarang: “Funksiyalarni
faollashtirish yoki faolsizlantirish”.

Table of Contents

Related product manuals