344
O'zbek
5
Old tishlarning ichki yuzalarini tozalash uchun dastani
yarim-vertikal qilib ushlang va har bir tishni bir necha
vertikal harakatlar bilan birma-bir tozalab chiqing.
6
Tozalash siklini tugatganingizdan keyin
tishlaringizning chaynash yuzalari va qoldiqlar
qoladigan hududlarni tozalashga qoʻshimcha vaqt
ajratishingiz mumkin. Xohishingizga qarab tish
choʻtkasi oʻchirilgan yoki yoqilgan holatda tilingizni
tozalashingiz ham mumkin.
Izoh: Philips Sonicare tish choʻtkangizdan breketlarda
(breketlarga ishlatilganida choʻtka kallaklari tezroq
eskiradi) va tuzatilgan tishlarda (plombalar, tojlar,
vinirlar), agar ular toʻgʻri jipslashgan va shikastlanmagan
boʻlsa, foydalanish uchun xavfsiz hisoblanadi.
BrushPacer
Ogʻizni bir tekisda tozalash maqsadida ogʻzingizni
BrushPacer funksiyasi yordamida 6 qismga boʻling.
BrushPacer tish tozalash vaqtini 6 ta teng segmentga
boʻladi va keyingi hududga oʻtishingiz kerak boʻlganida
bildiradi. Segmentlar tebranishdagi qisqa pauza orqali
bildiriladi. Tish choʻtkasi tish tozalash seansi yakunida
avtomatik ravishda toʻxtaydi.
Izoh: White+ va Gum Health rejimlaridan
foydalanganingizda qoʻshimcha segmentlari kiritilishi
mumkin.
Rejimlar
Motorli tish choʻtkangiz 5 tagacha turli rejim bilan
jihozlangan: Clean, White+, Gum Health, Deep Clean+ va
Tongue Care (faqat alohida modellarda). Siz
ishlatayotgan aqlli choʻtka kallagidan kelib chiqib,
maqbul rejim va jadallik BrushSync texnologiyasi
tomonidan avtomatik ravishda tanlanadi. Rejimlarni
oʻzgartirish uchun dasta oʻchiq paytda rejim/jadallik
tugmasini bosing.